Kontent qismiga oʻtish

Suyunchi (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suyunchi

„Suyunchi“ filmi uchun oʻzbekcha poster
Rejissyor(lar) Melis Abzalov
Ssenariynavis(lar) Rixsivoy Muhammadjonov
Rollarda
Bastakor(lar) Mirhalil Mahmudov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 5-sentabr, 1982
Davomiyligi 70 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Tillar Oʻzbek, rus

Suyunchi“ (ruscha: Бабушка-генерал) — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1982-yil yaratgan drama film.[1][2]

Filmda kichik Oʻzbek SSR qishlogʻida oʻgʻli, kelini va 10 oʻgʻil nevarasi bilan yashovchi Anzirat ona haqida hikoya qilinadi (Anzirat ona rolini Zaynab Sadriyeva oʻynagan). Anziratning qattiqqoʻlligi sabab hamqishloqlari uni „General Buvi“, deb ataydi.

1930-yillarda Anzirat ona qishlogʻining kolxoziga boshchilik qilgan, koʻp qiyinchiliklarni koʻrgan boʻladi. Yoshi ulgʻaygach ham dam olish oʻrniga baʼzi hamqishloqlarining yalqovligi, ochkoʻzligi va eʼtiborsizligiga chiday olmaydi, oʻz oilasida tartib oʻrnatishga harakat qiladi. Anzirat onaning oʻgʻli boʻlsa hamma vaqtini homilador ayoliga uy ishlarida yordam berish oʻrniga farzandlari bilan oilaviy futbol komandasi tuzishga bagʻishlaydi. Anzirat onaning vafotidan keyin qishloq aholisi usiz qishloqning huvillab qolganini sezadi. Ular Anzirat ona qishloqlarining vijdoni boʻlganini anglab yetishadi.

  1. „Babushka-General“ (ruscha). Kinopoisk. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
  2. „Babushka-General: Information about the Movie“ (ruscha). Kino-Teatr. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.